Hozircha mavjud emas
Og'irligi: 1 kg
ZEGOR SCT-102 rakovina (qo'l yuvgich) uchun bir dastakli aralashtirgich
Opisaniya (Ma'lumot):ZEGOR SCT-102 rakovina uchun bir dastakli aralashtirgichi hammom xonasida qulaylik va zamonaviy muhit yaratish uchun ajoyib tanlovdir. Ushbu model o'zining sodda, ammo jozibali dizayni va qulay boshqaruvi bilan ajralib turadi, bu esa uni har qanday interer va rakovina turlariga osongina moslashtirish imkonini beradi. Yuqori sifatli toza latundan tayyorlangan mustahkam korpusi korroziyaga qarshi turg'un bo'lib, yillar davomida muammosiz xizmat qiladi. Sifatli keramika kartriji suv harorati va bosimini oson, silliq hamda aniq sozlashni ta'minlaydi. Yaltiroq xrom qoplama esa buyumning sirtini tashqi ta'sirlardan ishonchli himoya qiladi.
Texnik xususiyatlari:
Mahsulot turi: Rakovina / qo'l yuvgich uchun aralashtirgich
Brend / Model: ZEGOR / SCT-102
Rangi / Qoplamasi: Xrom (yaltiroq)
Korpus materiali: Yuqori sifatli latun (bronza-guruch qotishmasi)
Boshqaruv turi: Bir dastakli (bir richagli)
Burmasi (gusak): Statsionar (o'zgarmas)
Aralashtirish mexanizmi: Keramika kartriji
Jamlanmasi: Aralashtirgich, egiluvchan suv naychalari (shlanglar), o'rnatish to'plami