EPA 6,5 mm sverlo metall, yog’och va plastikda teshik ochish uchun mo’ljallangan, tez kesuvchi po’latdan (HSS) tayyorlangan spiral sverlo. 6,5 mm diametr amaliyotda juda ko’p ishlatiladi: M6 bolt va vintlar uchun o’tish teshiklari, 6,4 mm li parchin (zaklyopka) teshiklari, metall profil va burchaklarni biriktirish, kronshteyn va mebel furniturasini o’rnatishda aynan shu o’lcham kerak bo’ladi. Sverlo po’lat, alyuminiy, mis, latun, yog’och va plastikni ishonchli burg’ulaydi. Spiral ariqchalar qirindini tez chiqaradi, shuning uchun sverlo kam qiziydi va teshik toza chiqadi. Silindrsimon xvostovik har qanday drel va shurupovert patroniga mos keladi. Metall bilan ishlaydigan ustalar, avtoservis va uy ustaxonasi uchun kerakli sarf materiali.
Xarakteristikalar: