Og'irligi: 13 kg
DeWALT D25614K-QS professional elektr perforatori — bu ogʻir qurilish va demontaj ishlarini bajarish uchun moʻljallangan, SDS-Max patroniga ega boʻlgan yuqori quvvatli ogʻir klassdagi elektr asbobdir. Uskuna 1350 Vt quvvatli chidamli motor va modernizatsiya qilingan zarb mexanizmi bilan jihozlangan boʻlib, u 10.5 Joulga teng boʻlgan ulkan zarba energiyasini hosil qiladi. Asbob ikki xil rejimda ishlaydi: zarb bilan burgʻulash (parmalash) va faqat zarb (otboyniy molotok rejimida). Bu yirik diametrli (parma bilan 45 mm gacha) chuqur teshiklar ochish, muhandislik tarmoqlarini oʻtkazish, devorlarni shtrobalash hamda mustahkam temir-beton va gʻishtli konstruksiyalarni buzish (demontaj) uchun mukammal yechimdir.
D25614K-QS modelining asosiy texnik ustunligi — prujinali orqa dasta bilan jihozlangan Perform & Protect™ aktiv antivibratsiya tizimidir. Ushbu tizim operator qoʻliga tushadigan tebranish yuklamasini maksimal darajada kamaytiradi va charchamasdan uzoq vaqt ishlash imkonini beradi. Aylanish tezligi va zarbalar sonini elektron sozlash funksiyasi turli zichlikdagi materiallarga mos ravishda ish jarayonini toʻliq nazorat qilishga yordam beradi. Mexanik xavfsizlik muftasi va intellektual elektron Anti-Rotation tizimi beton ichida parma qisilib qolganda asbob quvvatini bir zumda oʻchiradi va usta qoʻlini keskin burilib ketishdan ishonchli himoya qiladi. Perforator koʻp pozitsiyali yon dasta va tashish uchun mustahkam plastik keys bilan butlangan.