0 baholar
0 fikrlar

Avtomat CHINT NEXT NXB-63 2P 63A — ikki qutbli kirish avtomati

49 200 so'm

Og'irligi: 0.18 kg

Yetkazish: 3 soat ichida

Avtomat CHINT NEXT NXB-63 2P 63A — ikki qutbli kirish avtomati

CHINT NXB-63 — NEXT seriyasidagi zamonaviy modulli avtomatik o’chirgich (avtomat). 2P 63A modeli bir fazali elektr tarmog’ini o’ta yuklanish va qisqa tutashuvdan himoya qiladi. Nominal toki 63 A — bu seriyadagi eng katta nominal, o’chirish qobiliyati 6 kA. Faza va nolni bir vaqtda uzgani uchun kvartira va uylarning kirish (vvod) avtomati sifatida ayniqsa qulay.

Avtomat qanday ishlaydi?
Avtomat ichida ikki xil himoya mexanizmi bor:

  • Issiqlik ajratgichi tok uzoq vaqt 63 A dan oshib ketganda (o’ta yuklanish) zanjirni uzadi. Shu bilan kirish kabeli qizib ketishi va yong’in xavfining oldi olinadi.
  • Elektromagnit ajratgich qisqa tutashuv paytida tokni bir zumda o’chiradi va liniya hamda uskunalarni shikastlanishdan saqlaydi.

Nima uchun kirishda 2 qutbli avtomat?
1 qutbli avtomat faqat fazani uzadi, nol esa ulanib qoladi. 2 qutbli avtomat faza va nolni birga uzib, butun kvartira yoki uyni tarmoqdan to’liq ajratadi. Bu ta’mirlash ishlarida xavfsizlikni oshiradi va nol simida nosozlik bo’lganda ham qo’shimcha himoya beradi.

Asosiy afzalliklari:
✅ O’ta yuklanish va qisqa tutashuvdan ikki tomonlama himoya
✅ 63 A nominal tok: kvartira va uy uchun kirish avtomati
✅ 2 qutb: faza va nolni birga uzadi
✅ 6 kA o’chirish qobiliyati: kuchli qisqa tutashuv toklariga bardosh beradi
✅ 3-sinf tokni cheklash: qisqa tutashuvda kabel va uskunalarga ta’sirni kamaytiradi
✅ Uzoq xizmat muddati: 20 000 mexanik sikl
✅ Qo’shimcha moslamalar ulash imkoniyati: yordamchi va signal kontakti, masofadan o’chirish moslamasi, kuchlanish nazorati ajratgichlari
✅ Ixcham: shitda atigi 2 modul (36 mm) joy egallaydi
✅ Xalqaro sifat: IEC/EN 60898-1 standartiga mos

Bosh sahifaKatalog0SavatSevimlilar